Loyiha haqida
sheet.gway.uz — musiqachilar, musiqa oʻqituvchilari va talabalar uchun bepul nota bazasi. Maqsadimiz — oʻzbek mumtoz va xalq musiqasi, milliy bastakorlar asarlari hamda jahon klassiklarining notalarini bir joyga jamlash.
Notalar cholgʻu, janr, bastakor, nota turi va qiyinlik darajasi boʻyicha tartiblangan. Sayt oʻzbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi.
Barcha materiallar taʼlim maqsadida joylashtiriladi. Agar mualliflik huquqi buzilgan deb hisoblasangiz, biz bilan bogʻlaning — material darhol olib tashlanadi.
